Asosiy mazmunga oʻtish
Jonli maʼlumot 19avgust · Chorshanba
USD 11 820,40 ▼ −36,95 EUR 13 684,48 ▼ −61,75 RUB 139,05 ▼ −0,27 GBP 15 990,64 ▼ −84,37
Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekistonda aholining umumiy qarz yuki pasaydi — Markaziy bank

Shu bilan birga, bitta qarzdorga toʻgʻri keladigan mikroqarz shartnomalari soni 1,7 tadan 1,9 taga koʻpaygan. Mikroqarzlar qoldigʻi 48,8 trillion soʻmni tashkil etib, umumiy kredit portfelining 8 foiziga teng boʻlgan.

Markaziy bank 2025 yil uchun moliyaviy barqarorlik sharhini eʼlon qildi. Unda uy xoʻjaliklari sektoridagi qarz yuki, kredit koʻrsatkichlari va moliyaviy xavflar tahlil qilingan.

Maʼlum qilinishicha, 2025 yilda aholining umumiy qarz yuki pasaygan. Bunga aholi daromadlarining oshishi hamda qarz oluvchilarga nisbatan makroprudensial talablarning kuchaytirilishi taʼsir qilgan.

Xususan, banklardan kredit olgan aholining oʻrtacha DSTI koʻrsatkichi 38 foizdan 37 foizga tushgan. Ushbu koʻrsatkich qarzga xizmat koʻrsatish xarajatlarining daromadga nisbatini ifodalaydi, yaʼni aholi daromadining qancha qismi kredit toʻlovlariga yoʻnaltirilayotganini koʻrsatadi.

Ipoteka kreditlari boʻyicha oʻrtacha DSTI 49 foizni tashkil etgan. Avtokreditlar boʻyicha esa mazkur koʻrsatkich 60 foizdan 37 foizgacha kamaygan. Shuningdek, ipoteka kreditlari boʻyicha oʻrtacha LTV koʻrsatkichi 76 foiz, avtokreditlar boʻyicha esa 73 foiz boʻlgan. LTV kredit summasining garov qiymatiga nisbatini koʻrsatadi.

Markaziy bank mikroqarzlar segmenti alohida eʼtibor talab qilishini taʼkidladi. Maʼlumotlarga koʻra, mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha DSTI koʻrsatkichi 37 foizdan 40 foizga oshgan. Mikroqarz oluvchilar soni qariyb 2,7 million kishiga yetgan.

Shu bilan birga, bitta qarzdorga toʻgʻri keladigan mikroqarz shartnomalari soni 1,7 tadan 1,9 taga koʻpaygan. Mikroqarzlar qoldigʻi 48,8 trillion soʻmni tashkil etib, umumiy kredit portfelining 8 foiziga teng boʻlgan.

Markaziy bankka koʻra, aholining umumiy qarz yuki kamayganiga qaramay, mikroqarzlar bozoridagi faollik va qarz yukining ortishi ushbu segmentda kredit sifati hamda aholining toʻlov qobiliyatini doimiy kuzatib borishni talab qiladi.