Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Oʻzbekistonda soliq nazorati videotasvirga olinadi va soliq toʻlovchiga taqdim etiladi

Soliq kodeksiga soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.

Foto: Daval soliq qoʻmitasi

Oʻzbekistonda soliq nazoratini videotasvirga olish va soliq toʻlovchiga taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi. Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan “Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunda soʻz boradi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida, bunday imkoniyat mavjud boʻlmaganda esa xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.

Videotasvirni yozib olish toʻxtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Videotasvir materiallarining koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga soliq nazoratiga oid tadbir tugagach taqdim etiladi.

Qonunchilikda videoyozuv taqiqlangan hollarda yoki xolislar soliq nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlarga majburiy tartibda jalb etiladi.