Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

AQSH va Yevropa Rossiya neftidan voz kechishni muhokama qilmoqda

“AQSH Yevropa bilan Rossiya neftini import qilishdan bosh tortish masalasini faol muhokama qilmoqda”, — dedi davlat kotibi Entoni Blinken.

AQSH Yevropadagi hamkorlari bilan Rossiya neftini import qilishdan bosh tortish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken maʼlum qildi.

Davlat kotibining qayd etishicha, Qoʻshma Shtatlar yevropalik hamkorlar bilan kelishilgan qaror qabul qilishni kutmoqda, biroq Vashington ularning harakatlaridan qatʼiy nazar muayyan choralar koʻrishi mumkinligini istisno etmadi.

“Hozir biz yevropalik hamkorlarimiz bilan Rossiya neftini mamlakatlarimizga import qilishni taqiqlash boʻyicha juda faol muzokaralar olib bormoqdamiz, shu bilan birga, albatta, barqaror global neft taʼminotini saqlab qolamiz”, — dedi Blinken.

Maʼlumot uchun, hafta boshida Brent nefti 2013 yildan beri birinchi marta bir barrel uchun 118 dollardan oshdi. Narxga sarmoyadorlarning Rossiyaning Ukrainaga hujumiga javoban kiritilgan Gʻarb sanksiyalari tufayli Rossiya xomashyosini yetkazib berishdagi uzilishlar qoʻrquvi taʼsir koʻrsatmoqda.

Avvalroq