Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

“Rossiya energiyasiga darhol embargo qoʻya olmaymiz” — Germaniya iqtisodiyot vaziri

Xabekning soʻzlariga koʻra, Germaniya Rossiya xom ashyosidan voz kechish uchun ilk qadamlarni qoʻygan.

Foto: “123ru.net”

Germaniya Iqtisodiyot vaziri Robert Xabekning aytishicha, mamlakat hali ham Rossiya koʻmir, neft va gaziga shoshilinch embargo qoʻya olmaydi. Bu haqda vazir Germaniya Bunderstagidagi nutqi davomida maʼlum qildi.

Biroq, Germaniya allaqachon Rossiya xom ashyosidan voz kechish uchun ilk qadamlarni qoʻygan.

“Ha, biz hali ham Rossiyadan koʻmir, neft va gazga zudlik bilan embargo qoʻyish imkoniyatiga ega emasmiz. Buni tan olish kerak va buni tan olish juda achchiq. Lekin biz buni hali qila olmaganimiz, biz hech narsa qilmayotganimizni anglatmaydi. Biz bosqichma-bosqich koʻmir, neft va gazni strategik jihatdan kamaytirmoqdamiz”, — dedi Robert Xabek parlamentda soʻzlagan nutqida.

Bundan oldin Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel YEIning 27 davlati tashqi ishlar vazirlari Rossiyadan neft import qilishdan bosh tortish imkoniyatini muhokama qilishini aytgandi. Undan avval esa Yevropa komissiyasi may oyining oʻrtalarida tayyor boʻladigan Rossiya gazi, nefti va koʻmiridan voz kechish rejasini taklif qilgan edi.

Uning soʻzlariga koʻra, YEI 2027 yilgacha Rossiya xom ashyosidan voz kechishni rejalashtirmoqda. AQSH 8 mart kuni Rossiya energiya tashuvchilarga embargo joriy qildi. Buyuk Britaniya, shuningdek, 2022 yil oxirigacha Rossiya neftidan voz kechishini eʼlon qildi.

Avvalroq Germaniya va Qatar gaz boʻyicha uzoq muddatli hamkorlikka kelishib olgani xabar qilingandi. Shuningdek, Germaniya yil oxirigacha Rossiya neftidan deyarli mustaqil boʻlmoqchiligi haqida xabar berildi.