Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Margulan Seysembayev kriptovalyutaning salbiy tomonlari haqida fikr bildirdi

Biznesmen maynerlarni “iflos konchilar” deb atagan.

Foto: “hommes.kz”

Qozogʻistonlik tadbirkor Margulan Seysembayev kriptomayning haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Birinchidan, kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyasini aniq ajratib olish kerak. Men blokcheyn texnologiyasiga mutlaqo ishonaman. Menimcha, bu kelajakning juda ajoyib texnologiyasi”, — deydi u.

Biroq qozogʻistonlik tadbirkor kriptovalyutalarga unchalik ishonmasligini qoʻshimcha qilgan.

“Men umuman olganda kriptovalyutalarga ishonaman. Ishonchim komilki, ular kelgusida jahon moliya tizimida oʻzlarining munosib oʻrinlarini egallaydi. Lekin men mavjud kriptovalyutalarga unchalik ishonmayman. Nima demoqchiman? Birinchidan, davlatlar, Visa, Mastercard, American Express, yirik banklar kabi yirik moliyaviy korporatsiyalar va boshqalar oʻzlarining raqamli pullarini yaratishiga ishonaman.

Ular buni qilgandan soʻng, bitkoin, efirium va boshqalar kabi tartibga solinmagan valyutalarni «oʻldirish”ni boshlaydi. Albatta, bu vaqtga kelib, mavjud kriptovalyutalar shunchalik kuchli boʻlib ketishi mumkin-ki, ularni yoʻq qilib boʻlmaydi. Qolganini kelajak koʻrsatadi. Lekin hozircha ulardan uzoqdaman», — deydi u.

Shuningdek, Margulan Seysembayev mayning fermalarga munosabati haqida fikr bildirgan.

“Mayning fermalariga munosabatimga kelsak, ularning hozirgi holatini yomonlik deb hisoblayman. Biz minerallarni elektr energiyasini ishlab chiqarish, atrof-muhitni buzish uchun sarflaymiz, keyin esa bularning barchasi kriptovalyutani qazib olish uchun xarajat qilinadi. Ishonamanki, agar kriptovalyutalar kelajagimizda munosib oʻrin egallashni istasa, ular birinchi navbatda ekologik toza ish texnologiyasiga oʻtishi kerak”, — deydi u.

Bundan tashqari, Margulan Seysembayev maynerlarni “iflos konchilar” deb hisoblashini maʼlum qildi.

“Men maynerni oq va kulranglarga ajratmayman. Ular bizning ekologiyamizni buzadigan darajada energiya isteʼmol qilar ekan, men uchun ular iflos konchilar boʻlib qoladi”, —deydi u.

Qayd etish kerakki, Kozogʻiston mayning boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi.