Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

UZCARD Sber500 bilan Oʻzbekiston venchur kapital bozorini rivojlantiradi

Tomonlar mamlakatga venchur kapital sarmoyalarini jalb qilishda koʻmaklashadi.

Foto: “bankinform.ru”

UZCARD Oʻzbekiston Respublikasida venchur kapital bozorini rivojlantirish maqsadida Sber500 akseleratori bilan hamkorlik shartnomasi tuzdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, kelishuv doirasida tomonlar startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish va mamlakatga venchur kapital sarmoyalarini jalb qilishga koʻmaklashishga kelishib olgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston startaplari uchun Sber tomonidan 500 Global (Amerika venchur kompaniyasi va fondi) bilan birgalikda oʻtkazilayotgan Sber500 xalqaro akseleratorining toʻrtinchi toʻlqiniga ariza topshirish muddati 14 fevralgacha uzaytirilgan.

Sber500 xalqaro akseleratorda ishtirok etish — bu Sber ekotizimida va umuman Rossiya bozorida tajribani ishga tushirish va yechimni kengaytirish, butun dunyodagi mentorlardan tajriba orttirish va Fort Ross Ventures (AQSH) ) hamda UZCARD Ventures korporativ venchur fondidan investitsiyalar jalb qilish imkoniyati.

Akseleratsiya dasturi 10 haftaga moʻljallangan va gibrid formatda oʻtkaziladi: 500 ta startap uchun bootcamp va 50 ta startap uchun Growth Hacking bosqichi onlayn tarzda boʻlib oʻtadi. Yakuniy bosqich 500 Global mentorlari bilan birgalikdagi individual ishlar Moskvada oflayn tarzda oʻtkaziladi.

“Avvalgi uchta «toʻlqin”ning bitiruvchilari allaqachon 10 million dollardan ortiq mablagʻ yigʻdi va Sberbank hamda akselerator hamkorlari bilan 2 mingdan ortiq shartnomalar imzoladi», deyiladi xabarda.