Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

“Qora oltin” bozoridagi vaziyat: Brent nefti narx oʻsishi boʻyicha 7 yillik rekordni yangiladi

Nyu-York tovar birjasining elektron savdolarida mart oyidagi WTI nefti fyucherslari narxi bu vaqtga kelib bir barrel uchun 92,03 dollarni tashkil etdi.

Foto: “kipmu.ru”

Neft narxlari 7 fevral kungi savdolar davomida yagona dinamikasiz oʻzgarib bormoqda: Brent fyucherslari yetti yillik eng yuqori koʻrsatkichni yangilab, bir barrel uchun 93 dollardan oshdi, WTI fyucherslari esa pasaymoqda.

Dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:10 ga qadar Londonning ICE Futures birjasida Brentʻning aprel fyucherslarining narxi bir barrel uchun 93,49 dollarni tashkil etdi, bu avvalgi sessiyaning yopilish narxidan 0,22 dollarga (0,24 foiz) yuqori. 4 fevral kungi savdolar natijasida ushbu shartnomalar bir barrel uchun 2,16 dollarga (2,4 foiz) oshib, 93,27 dollarni tashkil qildi.

Nyu-York tovar birjasining (NYMEX) elektron savdolarida mart oyidagi WTI nefti fyucherslari narxi bu vaqtga kelib bir barrel uchun 92,03 dollarni tashkil etdi, bu 3 fevral kungi sessiyaning yakuniy qiymatidan 0,28 dollarga (0,3 foizga) pastdir. 4 fevral kuni ushbu shartnomalar narxi 2,26 dollarga (2,04 foiz) oshib, bir barrel uchun 92,31 dollarni tashkil qildi.

“Neft bozori talabning tiklanishi sharoitida cheklangan taklifning davom etishi haqidagi taxminlar bilan quvvatlanmoqda”, deb yozadi Trading Economics.

4 fevral kungi sessiyada kotirovkalar birinchi marta geosiyosiy xavflar va OPEKʻning yetarli miqdorda taʼminot yetkazib bera olishi, shuningdek, AQSHdagi sovuq ob-havo haqidagi xavotirlar davom etayotgani tufayli yetti yillik maksimal darajaga yetdi.

Sharqiy Yevropadagi geosiyosiy vaziyatning yomonlashuvi JPMorgan tahlilchilarini Brent narxi bir barrel uchun 120 dollargacha koʻtarilishi ssenariysini bashorat qilishga olib keldi.

Avvalroq Saudi Aramco Osiyo, AQSH va Yevropadagi qayta ishlash korxonalari uchun neft narxini koʻtarishi haqida xabar berilgandi.