Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Saudi Aramco Osiyo va AQSH uchun neft narxini oshiradi. Ekspertlar ayrim jihatlarga shubha qilmoqda

AQSH bozoridagi narxlar bir barrel uchun 0,3 dollarga oshdi.

Foto: Getty Images

Saudi Aramco Osiyo, AQSH va Yevropadagi qayta ishlash korxonalari uchun neft narxini koʻtardi. Bu haqda Bloomberg agentligiga bu boradagi ishlardan xabardor manbalar maʼlum qildi.

Mart oyida Arab Light navli neft kompaniyaning asosiy Osiyo bozoriga fevral oyiga nisbatan bir barrel uchun 0,6-2,8 dollarga qimmatroq yetkazib beriladi.

Yaqin Sharq neftining boshqa navlarining Osiyo mamlakatlari uchun narxlar oʻsishi bir barrel uchun 0,4 dan 0,7 dollargacha boʻldi. AQSH bozoridagi narxlar bir barrel uchun 0,3 dollarga oshdi.

Aramcoʻning narxlarni oshirish qarori OPEK+ davlatlari mart oyida kunlik xom neft qazib olish hajmini kuniga 400 ming barelga oshirishni eʼlon qilganidan bir necha kun oʻtib qabul qilindi.

“Ammo koʻplab tahlilchilar Saudiya Arabistoni va Rossiya boshchiligidagi OPEK+ ushbu miqdorni tashkilotning ayrim aʼzolari uchun yetkazib berish hajmini oshirish bilan bogʻliq muammolar tufayli bozorga qoʻsha olishiga shubha qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, kuchli talab tufayli Brent nefti narxi 2022 yilda deyarli 20 foizga oshgan. Bundan tashqari, soʻnggi bir yil ichida dunyoda neft zaxiralari keskin kamaygan.

Dunyoning eng yirik neft kompaniyasi Saudi Arabian Oil Co. (Aramco) 50 milliard dollarlik aksiyalarini sotishi haqida xabar berilgandi.