Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Xitoy Qishki Olimpiya oʻyinlari uchun qancha mablagʻ ajratgani maʼlum boʻldi

OAVda eʼlon qilingan xarajat summasi rasmiy raqamlardan 10 barobar farq qilmoqda.

Foto: Reuters

2008 yilda Xitoy Pekinda boʻlib oʻtgan XXIX Yozgi Olimpiya oʻyinlari bilan dunyoni hayratga solgandi. Oʻshanda tadbir uchun 40 milliard dollar sarflangan.

Xitoy rasmiylari 2022 yilgi loyiha 3,9 milliard dollarga tushishi kutilayotganini qayd etgan. Ushbu summa boshqa mamlakatlarning qishki oʻyinlarga sarflagan mablagʻlariga yaqin. Chunki qishki oʻyinlarda yozga qaraganda sezilarli darajada kamroq sportchi qatnashadi.

AQSHning Business Insider portalining yozishicha, Xitoyning Qishki Olimpiada uchun sarflagan summasi 38,5 milliard dollardan oshishi mumkin, bu rasmiy byudjetdan 10 barobar koʻpdir.

Maʼlumot uchun, bu yilgi ochilish marosimi 100 daqiqadan kamroq davom etadi va unda 3000ga yaqin aktyor ishtirok etadi, 2008 yilgi Pekin oʻyinlarining ochilish marosimi toʻrt soat davom etgan va unda 15 ming aktyor ishtirok etgandi.

Xitoy, shuningdek, 2008 yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun qurilgan koʻplab maydonlardan qayta foydalanmoqda — Uy-joy qurish va koʻchirish markazi maʼlumotlariga koʻra, 1,5 million xitoylik stadion va arenalarga joy ochish uchun koʻchirilgan (Xitoy hukumati buni rad etgan).