“Chelsi” futbol klubi Premer-ligada birinchi boʻlib Abu-Dabida boʻlib oʻtadigan turnirda FIFAʻning yangi texnologiyasi boʻlgan robot-hakamni sinab koʻradi. Bu haqda Sport Bible xabar berdi.
Yangi texnologiya oʻyinchilarning harakatlarini kuzatib boradi va yarim soniyada ofsayd haqida avtomatik ravishda qaror qabul qiladi, bu esa videoyordamchi hakamlar bilan bogʻliq kechikishlarni bartaraf etishga yordam beradi.
Tizim stadionlar tomlariga oʻrnatiladigan 29 ta maxsus kameralar yordamida futbolchilarning fazodagi holatini kuzatib boradi. Bu animatsion oʻyinchi skeletini yaratadi. Oʻyindan tashqari holat aniqlangan taqdirda hakamlar va VAR jamoasi maxsus signallarni oladi.
«Biz ushbu yangi maʼlumotlar manbasiga kirish qaror qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish va obyektivlikni oshirish orqali oʻyinga ijobiy taʼsir koʻrsatishiga qatʼiy ishonamiz.
Biroq biz ushbu rivojlanish jarayonining boshida turibmiz va keyingi imkoniyatlarni baholash uchun ehtimoliy holatlarni sinchkovlik bilan tekshirish kerak», — deydi FIFAʻning texnologiyalar va innovatsiyalar boʻyicha direktori Yoxannes Xolsmyuller.
“Chelsi”ning robot-hakam ishtirokidagi ilk oʻyini 9 fevral kuni quyidagi jamoalardan biriga qarshi boʻlib oʻtadi: Saudiya Arabistonining “Al-Hilol”, Abu-Dabining “Al-Jazira” yoki Taitining “Pirae”.


