Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

OTB Oʻzbekistonda salkam 3 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshiradi

Bank rahbariyati Toshkent xalqaro investitsiya forumi va u doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilindi.

Foto: OTB

Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonda 2022-2024 yillar umumiy qiymati 2,8 milliard dollarga teng boʻlgan 27 loyiha amalga oshirishni rejalashtirgan. Bu haqda bosh vazir oʻrinbosari Sardor Umurzoqov va Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakavaning muzokaralarida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, OTBning 2022-2024 yillarga moʻljallangan mamlakatlar bilan operatsiyalarning biznes-rejasi doirasida Oʻzbekistonda umumiy qiymati 2,8 milliard dollarga teng boʻlgan 27 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shundan 524 million dollarlik 3 loyiha 2022 yilda hayotga joriy etiladi. 

Tomonlar maʼqullangan tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirish va koʻrib chiqilayotgan loyihalarni kelishish boʻyicha yaqindan hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishib olgani maʼlum qilindi.

Shuningdek, muloqot chogʻida bank rahbariyati Toshkent xalqaro investitsiya forumi va u doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilingan.

Muzokaralar yakunida ikki tomon uchun ustuvor boʻlgan qator yoʻnalishlarda hamkorlikni faollashtirish boʻyicha kelishuvlarga erishilgani qayd etildi.