The New York Times nashri mashhur Wordle soʻz oʻyinini sotib olganini eʼlon qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, oʻyin uning yaratuvchisi, dasturchi Josh Uordldan sotib olingan. The New York Times Company oʻyinlarga alohida obuna boʻlishiga qaramay, hech boʻlmaganda dastlab oʻyin eski va yangi oʻyinchilar uchun bepul boʻlib qolishini vaʼda qilgan. Kompaniya oʻyinni 7 xonali summaga sotib olganini aytgan, biroq aniqlik kiritmagan.
Uordl kelishuv haqidagi maʼlumotni tasdiqlagan. Yaratuvchining soʻzlariga koʻra, Wordle va The New York Times oʻyinlari oʻrtasidda juda koʻp oʻxshashliklar bor. Agar u va The New York Times Company oʻyinlarga nisbatan umumiy qarashga ega boʻlmaganida, oʻyinni sotmagan boʻlardi.
Uning soʻzlaridan kelib chiqadiki, u Wordleʻni yolgʻiz yaratgan va qoʻllab-quvvatlagan, u oʻyinning mashhurligi va auditoriyasining oʻsishidan hayratda qolgan. Shuningdek, endi oʻyinni qoʻllab-quvvatlash ishini davom ettira olishiga ishonchi komil emas. Uordl kelishuv yopilgandan keyin ham oʻyin bepul boʻlib qolishiga va yangi egalarga barcha foydalanuvchilar tarixini xavfsiz saqlashga yordam berishga vaʼda bergan.
Wordle oʻyini oktyabr oyida saytda reklamasiz paydo boʻlgan. 1 noyabrga kelib uning foydalanuvchilari soni 90 nafarga, yanvar oʻrtalariga kelib — 300 mingga yetgan. The New York Times maʼlumotlariga koʻra, hozirda ularning soni bir necha millionni tashkil etadi.
Oʻyin qoidalariga koʻra, oltita urinishda beshta harfdan iborat soʻzni taxmin qilish kerak. Har bir urinishdan soʻng, dasturiy taʼminot qaysi harflar taxmin qilinganini va ularning berilgan soʻzdagi oʻrni toʻgʻri taxmin qilinganini aytib beradi. Wordleʻni kuniga bir marta oʻynash mumkin.
Avvalroq Microsoft qariyb 70 milliard dollarga Actvision Blizzardʻni sotib olishi xabar qilingandi.


