Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Ijtimoiy nafaqa oluvchi parvarishga muhtoj yolgʻiz shaxslarga kompensatsiya toʻlanadi

Yoshi 100 ga toʻlgan va undan oshgan shaxslar uchun har oyda 289 ming soʻm qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.

Foto: Sputnik

Oʻzbekistonda ijtimoiy nafaqa oluvchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz shaxslarga kompensatsiya toʻlovi joriy etiladi. “Aholinnig ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2022 yil 1 martdan:

  • uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga oylik kompensatsiya pul toʻlovlari, uni olish huquqiga ega boʻlgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qatʼi nazar toʻlab boriladi;
  • ijtimoiy nafaqa oluvchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz shaxslarga kompensatsiya toʻlovi joriy etiladi.
  • Bunda, har oylik kompensatsiya toʻlovi — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi (130 050 soʻm) miqdorida toʻlanadi.

Yoshi 100 ga toʻlgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (289 ming soʻm) miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.

Bunda, qoʻshimcha toʻlov penciya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Avvalroq Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga transfertlar 14 trillion soʻmga yetishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.