Buyuk Britaniya Milliy Kiberxavfsizlik Markazi (NCSC) Buyuk Britaniya tashkilotlari va yirik bizneslarini Ukraina hukumati resurslariga hujumlar paytida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kiberhujumlarga tayyor boʻlishga chaqirdi.
Xususan, markaz tizimdagi zaifliklarni tuzatish, maʼlumotlarning zaxira nusxalarini tekshirish va kiberhujumlar xavfidan himoyalanish uchun “kibergigiyena” qoidalariga rioya qilishni tavsiya qildi. Shu bilan birga, NCSC hech qanday aniq tahdidlar haqida maʼlumotlarga ega emasligini qayd etdi.
Markazning taʼkidlashicha, Ukrainaga qarshi soʻnggi kiberhujumlar haqidagi maʼlumotlar bu hodisalar 2017 yildagi NotPetya virus hujumlari va Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga aloqador xakerlarni ayblagan Gruziyaga qarshi kiberhujumlarga oʻxshashligini koʻrsatadi.
Yanvar oyi oʻrtalarida Ukraina hukumat veb-saytlariga soʻnggi toʻrt yil ichidagi eng yirik kiberhujum qilingani haqida xabar bergandi.
Oradan bir necha kun oʻtib, maxsus aloqa va axborotni muhofaza qilish davlat xizmati shunga oʻxshash yana bir voqea haqida xabar berdi. Ukraina vazirligi va Raqamli transformatsiya qoʻmitasi ushbu kiberhujumga Rossiyaning aloqadorligini eʼlon qildi.


