Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Moderna OIVga qarshi vaksinani odamlarda sinovdan oʻtkazishni boshladi

Klinik sinovlarning birinchi bosqichida 56 kishi qatnashdi.

Foto: “u-f.ru”

Amerikaning Moderna biotexnologiya kompaniyasi OITSga qarshi vaksina boʻyicha xalqaro tashabbus bilan birgalikda koʻngillilarga preparatning birinchi dozasini yubordi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, klinik sinovlarning birinchi bosqichida OIV yuqtirmagan 56 nafar oʻrta yoshli kishi ishtirok etadi. Ulardan 48 nafari yangi vaksina oladi, sakkiz nafar koʻngilli esa kuchaytiruvchi ukol oladi. Shuningdek, vaksina olgan 32 nafar ishtirokchi kuchaytiruvchi ukol ham oladi.

Preparatni tayyorlashda Covid-19ʻga qarshi vaksinani ishlab chiqish usulidan foydalanilgan. Olimlarning taʼkidlashicha, preparatni inyeksiya qilish OIVning koʻplab variantlariga qarshi kurasha oladigan antitelani ishlab chiqaradi.

“OIV vaksinasini izlash uzoq va qiyin boʻldi. Kasallikning oldini olish uchun yangi vositalarga ega boʻlish OIVga qarshi zudlik bilan zarur boʻlgan samarali vaksina ishlab chiqish sari tez rivojlanishning kaliti boʻlishi mumkin”, — deydi Xalqaro OITSga qarshi emlash tashabbusi direktori Mark Faynber.

AQSH hukumati statistik maʼlumotlariga koʻra, taxminan 1,2 million amerikalik OIV bilan kasallangan. 1990-yillardan beri shifokorlar yangi davolash usullari va dori vositalari bilan kasallikka qarshi kurashmoqda. Ammo OIVga qarshi vaksinalar hali erta klinik sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtmagan.