Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Oʻzbekistonda totalizatorni reklama qiluvchi 30 dan ortiq sayt bloklandi

Oʻtkazilgan 1105 ta oʻrganishning 102 ta holatida totalizator reklamasi aniqlangan.

Foto: “Liter”

Oʻzbekistonda 2021 yil totalizatorni reklama qiluvchi 30 dan ortiq sayt bloklandi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot kotibi Mohruxsor Togʻayeva maʼlum qildi. 

Qayd etilishicha, 2021 yil 30 dan ortiq totalizator va bukmekerlik reklamasini noqonuniy ravishda yurituvchi saytlarga kirish cheklab qoʻyildi. Bu sohadagi ishlar davom etayotgani maʼlum qilindi.

Shuningdek, oʻtkazilgan 1105 ta oʻrganishning 102 ta holatida totalizator reklamasi aniqlangan va ularning barchasi bartaraf etilgan. 

Maʼlum qilinishicha, agentlik tomonidan 2021 yil mobaynida 27 mingga yakin oʻrganish oʻtkazilgan. Shundan 15 ming 486 holatda turli kamchiliklar aniqlangan va ularni bartaraf etish choralari koʻrilgan.

Avvalroq Oʻzbekistonda totalizator va bukmekerlik faoliyatini reklama qilayotgan oʻndan ortiq saytga kirish cheklangani haqida xabar berilgandi.