Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekistonda elektr taʼminoti qachon toʻliq tiklanishi maʼlum boʻldi

Soat 16:00 da barcha hududlarda elektr energiyasi taʼminoti toʻliq tiklanishi rejalashtirilgan.

Foto: “rnbee.ru”

Oʻzbekistonda soat 16:00 da barcha hududlarda elektr energiyasi taʼminoti toʻliq tiklanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlik respublika hududlarida elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 27 yanvar, soat 14:00 holatiga:

1. Qoraqalpogʻiston — 100 foiz;

2. Andijon viloyati — 89 foiz;

3. Buxoro viloyati — 100 foiz;

4. Jizzax viloyati — 100 foiz;

5. Qashqadaryo viloyati — 100 foiz;

6. Navoiy viloyati — 100 foiz;

7. Namangan viloyati — 91 foiz;

8. Samarqand viloyati — 100 foiz;

9. Surxondaryo viloyati — 100 foiz;

10. Sirdaryo viloyati — 100 foiz;

11. Toshkent viloyati — 100 foiz;

12. Fargʻona viloyati — 91 foiz;

13. Xorazm viloyati — 100 foiz;

14. Toshkent shahri — 100  foiz elektr taʼminoti mavjud.

Soat 16:00 da barcha hududlarda elektr energiyasi taʼminoti toʻliq tiklanishi rejalashtirilgan.