Amerikaning elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi 2021 yilda kompaniya obyektlari yetkazib berish zanjiridagi muammolar tufayli toʻliq quvvat bilan ishlamayotganiga qaramay, rekord darajadagi sof foyda qayd etdi.
Kompaniya press-reliziga koʻra, yillik sof daromad oʻtgan yilgi 721 million dollarga nisbatan 7,7 baravar oshib, 5,52 milliard dollarni tashkil etdi.
2021 yilda avtomobil ishlab chiqaruvchining daromadi 71 foizga oshib, 53,8 milliard dollarni tashkil etdi, avtomobillar savdosi esa 87 foizga oshib, rekord daraja — 936 mingta avtomobilga yetdi.
Toʻrtinchi chorakda Teslaʻning sof daromadi 2020 yilning shu davridagi 270 million dollar yoki har bir aksiya uchun 0,24 dollarga nisbatan 2,3 milliard dollarga yoki har bir aksiya uchun 2,05 dollarga oshgan.
Teslaʻning choraklik daromadi 65 foizga oshib, 17,7 milliard dollarni tashkil etdi, bu koʻrsatkich boʻyicha oʻrtacha bozor prognozi 17,1 milliard dollarni, avtomobillar savdosi esa 71 foizga oshib, 308,65 mingtagacha avtomobilni tashkil etdi.
Tesla bosh direktori Ilon Mask investorlar bilan boʻlib oʻtgan konferensiya chogʻida kompaniya joriy yilda bozorga yangi avtomobil modellarini olib chiqmasligini aytdi.
“Tesla bu yil asosiy eʼtiborni ishlab chiqarishni koʻpaytirishga qaratadi”, — dedi Mask va 2022 yilda yuk tashish hajmini 50 foizdan ortiq oshirishni kutayotganini taʼkidladi.
Tesla aksiyalari 26 yanvar kuni qoʻshimcha savdolarda 0,8 foizga tushdi. Oxirgi 12 oy ichida ularning qiymati 8,5 foizga oshdi.


