Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Texnologiya

YouTube asosiy yolgʻon maʼlumot tarqatuvchi platformalardan biri deb topildi

YouTubeʻda sogʻliq bilan bogʻliq notoʻgʻri maʼlumotlar uzoq vaqtdan beri yigʻilib kelgan.

Foto: Reuters

YouTube dunyo boʻyicha asosiy yolgʻon maʼlumot tarqatuvchi platforma ekani aniqlandi. Bu haqda “Inc.” yozmoqda.

Dunyo boʻylab 80 dan ortiq faktlarni tekshirish boʻyicha tashkilotlar guruhi YouTubeʻni pandemiyaning ikki yili davomida platformada tarqalayotgan koronavirus haqidagi notoʻgʻri maʼlumotlarga qarshi kurashni boshlashga chaqirdi.

“Biz faktchecking tashkilotlarining global tarmogʻi sifatida internetda yolgʻon tarqalishini kuzatib boramiz va YouTube qanday qilib butun dunyo boʻylab yolgʻon maʼlumot tarqatishning asosiy kanallaridan biriga aylanganini har kuni koʻrib turibmiz”, — deyiladi tashkilotlar ochiq xatida.

YouTubeʻga murojaat qilgan faktlarni tekshirish hamjamiyatiga PolitiFact, The Washington Post Fact Checker va MediaWise kabi AQSH guruhlari, shuningdek, Afrikaning Dubawa va Africa Check, Hindistonning Fact Crescendo va Factly hamda Indoneziya, Isroil, Turkiya va boshqa davlatlar tashkilotlari kiradi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, YouTubeʻda sogʻliq bilan bogʻliq notoʻgʻri maʼlumotlar uzoq vaqtdan beri yigʻilib kelgan. Jumladan, saraton kasallarini isbotlanmagan davolash usullari bilan kasallik bilan kurashishga undaydigan kontentlar koʻpaygan.