SpaceX kompaniyasi Starship Super Heavy raketasiga xizmat koʻrsatish uchun Mechazilla minorasini qurdi. Uning namoyishi aks etgan qisqa videoni kompaniya rahbari Ilon Mask oʻzining Twitter sahifasida eʼlon qildi.
Balandligi 140 metr boʻlgan “Mexazilla” raketa orbitadan qaytganidan soʻng birinchi qismini ushlab olish uchun moʻljallangan. Starship kemasining oʻzi Mars va Oyga parvozlar uchun yaratilmoqda.
Mask 2020 yil raketa qoʻnayotganda qoʻnish tayanchlaridan voz kechish zarurligi haqidagi fikrni bildirgan edi. Shundan soʻng uning kompaniyasi AQSHdagi Federal aviatsiya boshqarmasidan (FAA) minora qurish uchun ruxsat soʻradi.
Raketa qoʻngandan soʻng tezligini kamaytirishi kerak, shunda u aerodinamik rullarni uchirish minorasining maxsus bumiga yumshoq tarzda bogʻlashi mumkin.
Kompaniya raketani uchirishning ushbu varianti dengiz platformasiga qoʻnish bilan solishtirganda parvozlar orasidagi intervallarni sezilarli darajada (taxminan 1 soatgacha) qisqartirishga yordam beradi, deb kutmoqda. 2021 yil mart oyida SpaceX Texasdagi sinovlar davomida birinchi marta Starship prototipini muvaffaqiyatli qoʻndira oldi.


