Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

“Oriyent Finans” bankining bayram kunlaridagi ish tartibi qanday?

Valyuta ayirbolash shahobchalari 28, 29 dekabr kunlari va 30 dekabr kuni 15:00 gacha ishlaydi

Ish kuni emas, dam olish kuni!

Yoʻq-yoʻq, biz adashmadik. Haqiqatan ham, 31 dekabr hamda 1, 2, 3 va 4 yanvar ish kunlari emas. Biz ham ushbu kunlarda ishlamaymiz.

Yil yakunidagi ish jadvalimizni esa quyidagicha tashkil etamiz:

  • Filiallarimiz va bank xizmatlari ofislarimiz orqali pul oʻtkazmalarini 29 dekabrgacha (shu kuni ham) yuborishingiz va qabul qilib olishingiz mumkin, 30 dekabrdan 5 yanvarga qadar xalqaro pul oʻtkazmalari operatsiyalari amalga oshirilmaydi;
  • valyuta ayirbolash shahobchalari 28, 29 dekabr kunlari va 30 dekabr kuni 15:00 gacha ishlaydi, 31 dekabrdan 5 yanvarga qadar valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilmaydi;
  • Yangi yilning 5 yanvaridan esa bankimiz eshiklari Siz uchun yana ochiq boʻladi.

Eslatib oʻtamiz!

OFB mobil ilovamizda siz 24/7 rejimda “Contact” tizimi orqali Rossiya kartalariga pul oʻtkazmasini yuborishingiz va “Zolotaya korona” tizimi orqali pul oʻtkazmasini qabul qilishingiz, kommunal xizmatlar, Internet, telefon aloqasi va boshqa koʻplab xizmatlar uchun toʻlov qilishingiz, konversion operatsiyalarini amalga oshirishingiz mumkin.

Kirib kelayotgan bayramingiz muborak boʻlsin!

Reklama huquqi asosida