Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Turk lirasining qadri tarixiy minimumni yangiladi

Liraning qadrsizlanishi Markaziy bankning navbatdagi yigʻilishi arafasida sodir boʻldi.

Foto: Reuters

13 dekabr kuni ertalabki savdolarda turk valyutasi bir dollar uchun 14,99 liragacha pasaydi va bu yangi antirekordga aylandi. Bu haqda “Kommersantʼ” xabar berdi.

Qayd etilishicha, turk lirasining qadrsizlanishi mamlakat Markaziy bankining navbatdagi yigʻilishi arafasida sodir boʻlgan. Toshkent vaqti bilan soat 13:00 ga kelib esa turk valyutasi bir dollar uchun 14,35 liragacha mustahkamlangan.

Maʼlumot oʻrnida, yil boshidan buyon liraning dollarga nisbatan kursi deyarli ikki baravar, noyabr oyida esa 26 foizga pasaygan. Liraning tushishiga asosiy sabab inflyatsiya tezlashishiga qaramay (noyabrda u 20 foizdan oshdi) asosiy stavkani kamaytirishni talab qilayotgan Prezident Rajab Toyib Erdogʻanning pozitsiyasi boʻlib qolmoqda. Mamlakat Moliya vazirligining sobiq rahbari Lutfiy Elʼvan liraning qadrsizlanishi fonida isteʼfoga chiqdi.

Avvalroq, 3 dekabr kungi savdolarda turk valyutasi bir dollar uchun 13,89 liragacha pasaygani xabar qilingandi.