Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Oʻzbekiston soʻmi yil boshiga nisbatan qanchaga qadrsizlangani maʼlum boʻldi

Yanvar-noyabr oylari davomida soʻm almashuv kursi 10449-10787 soʻm/AQSH dollari oraligʻida tebrandi.

Foto: Kommers.uz

Oʻzbekistonda soʻm almashuv kursi devalvatsiya surʼatlari biroz tezlashdi va yil boshidan 3 foizga qadrsizlandi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi yigʻilishida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, yanvar-noyabr oylari davomida soʻm almashuv kursi 10449-10787 soʻm/AQSH dollari oraligʻida tebrandi. Bunda, noyabr oyida tashqi sharoitlar oʻzgarishiga javoban soʻm almashuv kursi devalvatsiya surʼatlari biroz tezlashdi va yil boshidan 3 foizga qadrsizlandi.

“Yil boshidan boshlab tashqi iqtisodiy sharoitlar asosiy oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxining sezilarli qimmatlashishi fonida inflyatsion jarayonlarning tezlashishi hamda bunga javoban koʻpchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda pul-kredit sharoitlarining qatʼiylashtirilishi sharoitida shakllanmoqda”, deyiladi Markaziy bank xabarida.

Shu bilan birgalikda, dastlab aksariyat markaziy banklar tomonidan oziq-ovqat va energiya resurslari narxlari bilan bogʻliq inflyatsion jarayonlar vaqtinchalik ahamiyat kasb etishi eʼtirof etilgan boʻlsa, endilikda inflyatsion xatarlarning uzoqroq muddat saqlanib qolishi mumkinligi taʼkidlanmoqda.

Avvalroq Markaziy bank asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirgani haqida xabar berilgandi.