Asosiy mazmunga oʻtish
Jonli maʼlumot 19avgust · Chorshanba
USD 11 820,40 ▼ −36,95 EUR 13 684,48 ▼ −61,75 RUB 139,05 ▼ −0,27 GBP 15 990,64 ▼ −84,37
Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Endilikda banklar va mikromoliya tashkilotlari oʻz faoliyatini islomiy bank faoliyatiga oʻzgartirishi mumkin

Adliya vazirligi Mikromoliya tashkiloti va bank faoliyatini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Mazkur idoraviy hujjat “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2026 yil 27 martdagi OʻRQ–1126-son qonunga muvofiq ayrim kredit tashkilotlari faoliyatini oʻzgartirishning quyidagi tartib-taomillarini belgilaydi.

  • mikromoliya tashkilotini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankiga oʻzgartirish;
  • faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka oʻzgartirish;
  • faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankni faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankiga oʻzgartirish;
  • faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankini mikromoliya tashkilotiga oʻzgartirish;
  • bankni faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka oʻzgartirish.

Shuningdek, oʻz faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka oʻzgartirishga faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki haqli.

Mikromoliya bankini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) olish uchun nogironligi boʻlgan shaxslar uchun mikromoliya banki binolarida shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasi mavjud boʻlishi kerak.