“Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga koʻra, Adliya vazirligi huzurida Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (Agentlik) hamda uning hududiy boʻlimlari tashkil etiladi.
Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Agentlikning toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish;
- toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish.
- Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi negizida barcha sud boshqaruvchilari aʼzoligiga asoslangan Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etiladi.
Palata oʻzining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy tuzilmalari bilan birgalikda sud boshqaruvchilarini birlashtiruvchi yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi.


