Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Birjada qimmatbaho metallar savdosi 59 foizga oshdi

Tovar-xom ashyo birjasidagi savdolar orqali 4,63 tonnadan ortiq qimmatbaho metallar, shu jumladan, 4,3 tonna oltin va 323 kg kumush sotildi.

2025 yilda Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida qimmatbaho metallar savdosi yarmidan koʻproqqa oshdi.

Oʻtgan yili OʻzRTXBda tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2024 yilga nisbatan 31% ga oshdi. Xususan, birja savdolari hajmi 24% ga, elektron davlat xaridlari 46% ga, koʻrgazma-yarmarka savdolari 9% ga, telefon raqamlari 55% ga oʻsdi.

Eng yirik bitimlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (umumiy hajmning 37%i), yoqilgʻi-energetika sektori tovarlari (25%), qora va rangli metallar (23%), shuningdek, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari (11%) boʻyicha tuzilgan.

OʻzRTXBning birja savdolari orqali 4630,3 kg qimmatbaho metallar (oʻsish 59%), shu jumladan 4307,3 kg oltin va 323 kg kumush realizatsiya qilindi.

Birjada oltinning haftalik oʻrtacha tortilgan narxi yil davomida 52% ga — bir gramm uchun 1,09 mln soʻmdan 1,66 mln soʻmgacha oshdi.