Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Endi pensiyani onlayn tarzda naqd shaklga oʻtkazish mumkin

Bunda Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimiga murojaat qilish shart emas.

Pensiya jamgʻarmasi my.gov.uz portalida pensiyani naqd shaklga oʻtkazish boʻyicha onlayn xizmatni ishga tushirdi.

Endi fuqarolar ushbu xizmatdan foydalangan holda uydan chiqmasdan turib pensiyani naqd shaklga oʻtkazishi mumkin. Bunda Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimiga murojaat qilish shart emas.

Buning uchun ariza beruvchi YIDXPda roʻyxatdan va/yoki avtorizatsiyadan oʻtadi va “Pensiya toʻlovini naqd pul shakliga oʻtkazish” xizmatini tanlab, soʻrov yuboradi. Xizmat bepul va hech qanday hujjatlar talab etilmaydi.

Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakat boʻylab 4,2 million fuqaro pensiya oluvchi sifatida qayd etilgan. Ularning 3,8 million nafari pensiyani bank plastik kartasida oladi. Bu jami pensiya oluvchilarning 89 foizini tashkil etadi.