Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

2026 yilda yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha qanday oʻzgarishlar amalga oshiriladi?

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini hisoblash uchun soliq bazasi koʻchmas mulkning 1 metr kvadrat uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past boʻlishi mumkin emas.

Foto: Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati

Mol-mulk soligʻi hisoboti proaktiv tartibga oʻzgardi

Soliq hisoboti soliq organlarida mavjud hamda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidagi interaktiv xizmatga kiritgan maʼlumotlari asosida avtomatik shakllantiriladi va soliq toʻlovchi tomonidan 5 kun ichida (hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay) tuzatishlar kiritilgan holda taqdim etiladi.

Soliq hisobotiga tuzatishlar kiritilmaganligi soliq toʻlovchining soliq organlari tomonidan shakllantirilgan hisobotga rozi ekanligini bildiradi va hisobot taqdim etilgan deb hisoblanadi.

Yuridik shaxslar uchun asosiy soliq stavkasi 1,5% miqdorida saqlanib qolgan boʻlsa, Soliq kodeksining 415-moddasi 3-qismidagi obyektlar uchun stavka 0,65% dan 0,7% ga oshirildi.

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini hisoblash uchun soliq bazasi koʻchmas mulkning 1 m² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:

  • Toshkent shahrida — 3 mln 530 ming soʻm;
  • Nukus shahri va viloyat markazlarida — 2 mln 350 ming soʻm;
  • Boshqa shaharlarda va qishloq joylarida — 1 mln 390 ming soʻm.

2026 yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma shakllari

Boʻnak toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma shaklini soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 20 yanvaridan kechiktirmay koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etadi.

2026 yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan:

  • AOS toʻlovchilar uchun – 10401_33;
  • AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar uchun – 10401_34.

Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma shakllarini taqdim etishlari talab etilmaydi

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarining toʻlash muddatlari:

  • AOS toʻlovchilar uchun – yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida har chorak 3-oyining 20-kunidan kechiktirmay;
  • AOS toʻlovchi hisoblanmaydiganlar uchun – yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.

Bunda yanvar oyi uchun 20 yanvardan kechiktirmay.