Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

DSQ mol-mulk va yer soligʻi hisobotlaridagi ayrim oʻzgarishlar boʻyicha maʼlumot berdi

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining axborot xati hamda soliq toʻlovchilar tomonidan kelib tushgan soʻrovlar inobatga olindi.

Foto: Davlat soliq qoʻmitasi

Oʻzbekiston Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining axborot xati hamda soliq toʻlovchilar tomonidan kelib tushgan soʻrov va takliflar asosida yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari hisobot shakllariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Qayd etilishicha, yuridik shaxslarning yer soligʻi boʻyicha bir obyekt doirasida joylashib, yer maydon toifasi turlicha boʻlgan, shuningdek, pasaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanilishi lozim boʻlgan yer maydonlarini alohida kiritish imkoniyati yaratilgan.

Maʼlumot uchun, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi hisobotini 10510_12 sonli (oylik) va 10510_13 sonli (chorak) paket raqamli shakllarda taqdim etishlari mumkin (yer soligʻi hisobot shaklini toʻldirish boʻyicha qoʻllanma).

Shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha maʼlumotnoma shaklida eng kam qiymat tatbiq qilinmaydigan koʻchmas mulk obyektlarining maydoni, eng kam qiymatning kamaytiruvchi koeffitsiyenti alohida aks etirilishi imkoniyati yaratilgan.

Endilikda tadbirkorlik subyektlari:

  • suv haydash minoralari;
  • rezervuarlar;
  • soyabonlar;
  • beton maydonchalar va devorlar (bordyurlar); 
  • boshqa shunga oʻxshash obyektlarni maʼlumotnoma shaklining 2-ilovasida mustaqil kiritishlari mumkin (mol-mulk soligʻi maʼlumotnoma shaklini toʻldirish boʻyicha qoʻllanma). 

Eslatib oʻtamiz, yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻiga aniqlashtirilgan maʼlumotnomani 1 aprelga qadar taqdim etgan korxonalarga nisbatan penya hisoblash koʻrinishidagi javobgarlik chorasi qoʻllanilmaydi.

Maʼlumot uchun, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi hisobotini 10401_23 sonli (oylik) va 10401_23 sonli (chorak) paket raqamli shakllarda taqdim etishlari mumkin.

Yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha imtiyozga ega korxonalar egaligidagi imtiyozga ega boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini hisobotda aks ettirish uchun shaxsiy kabinetidan “Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat” interaktiv xizmati orqali murojaat qilishi lozim.