Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Texnik tartibga solishda yangi bosqich: tadbirkorlar uchun yengilliklar kengaydi

Texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish va yangilash Dasturi doirasida 21 ta texnik reglament tasdiqlangan. Ulardan biri — “Lift va lift xavfsizlik qurilmalari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi texnik reglament Yevropa Ittifoqi direktivalari asosida ishlab chiqilgan.

Oʻzbekistonda texnik jihatdan tartibga solish tizimini yangilash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu orqali ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish va yangilash Dasturi doirasida 21 ta texnik reglament tasdiqlangan. Ulardan biri — “Lift va lift xavfsizlik qurilmalari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi texnik reglament Yevropa Ittifoqi direktivalari asosida ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, yana 36 ta texnik reglament Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan.

Maʼmuriy yuklamani kamaytirish maqsadida 747 ta tovar pozitsiyasi boʻyicha majburiy sertifikatlash bekor qilindi. Natijada ushbu roʻyxat 27 foizga qisqarib, majburiy sertifikatlash talab etiladigan mahsulotlar soni 2 032 tani (15,5%) tashkil etdi.

Shuningdek, 156 ta tovar pozitsiyasi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazish amaliyoti tugatildi. 1 302 ta tovar pozitsiyasidagi mahsulotlar uchun esa muvofiqlikni tasdiqlash deklaratsiya orqali amalga oshirish tartibi joriy etildi.