Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Markaziy bank bir oyda 4 ta bankni jarimaga tortdi

Bundan tashqari, prudensial talablar buzilishi, oʻz faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirmaganligi hamda inspeksiya tekshiruvlarida aniqlangan kamchiliklar uchun 1 ta mikromoliya va 1 ta toʻlov tashkilotlari chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Foto: Markaziy bank

Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi noyabr oyidagi yigʻilishlarda 41 ta masalani koʻrib chiqib, tegishli qarorlar qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 31 ta masala koʻrib chiqildi. Ular orasida kredit tashkilotlari ustaviga oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish, yangi mikromoliya va kredit tashkilotlarini roʻyxatga olish hamda ayrimlarini reestrdan chiqarish hamda ustav fondidagi ulushga egalik qilish uchun ruxsat berish masalalari bor.

Bundan tashqari, banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun sertifikat berish va banklar kuzatuv kengashi, boshqaruvi hamda muhim xodimlari nomzodlarini koʻrib chiqish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid jami 10 ta masala koʻrib chiqildi. Unda Markaziy bank koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari bajarilishi, banklar hamda mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiya natijalari va bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Jinoyat daromadlarini legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan masalalar ham koʻrib chiqildi.

Markaziy bank oʻtgan oyda qoidabuzarliklar uchun 4 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasini qoʻlladi.

Ular regulyator talablari va oʻtkazilgan inspeksiya tekshiruvlari, jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga amal qilmagan.

Bundan tashqari, prudensial talablar buzilishi, oʻz faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirmaganligi hamda inspeksiya tekshiruvlarida aniqlangan kamchiliklar uchun 1 ta mikromoliya va 1 ta toʻlov tashkilotlari chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.