Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Xodimlari soliqdan eng koʻp qarzdor korxonalar maʼlum boʻldi

Korxonalar xodimlarining mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha qarzi 831,5 mlrd soʻmdan oshgan. Eng koʻp qarzdorlik “Temiryoʻllarinfratuzilma”, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” va “Hududiy elektr tarmoqlari” xodimlarida qayd etilgan.

16 oktyabr kuni joriy yil uchun yer va mol-mulk soligʻini toʻlash muddati tugadi. Soliq qoʻmitasi xodimlari ushbu soliq turlaridan eng koʻp qarzdor korxonalarni maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, korxonalar xodimlarining mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha qarzi 831,5 mlrd soʻmdan oshgan.

Eng koʻp qarzdorlik “Temiryoʻllarinfratuzilma” AJ (4 mlrd soʻm), “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (3,3 mlrd soʻm) va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (3,3 mlrd soʻm) xodimlarida qayd etilgan.

Soliq qoʻmitasi bergan maʼlumotga koʻra, 173 391 ta tashkilotning 747 940 xodimida 882 939 soliq obyekti boʻyicha 831,5 mlrd soʻm (yer soligʻi – 501,2 mlrd soʻm, mol-mulk soligʻi – 330,3 mlrd soʻm) toʻlanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

Shundan:

  • 150,8 mlrd soʻm – byudjet tashkilotlari xodimlari;
  • 35,8 mlrd soʻm – nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
  • 644,9 mlrd soʻm – tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga toʻgʻri keladi.

Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha qarzdorligi (sohalar kesimida):

  • sanoat sohasidagi 20,8 mingta tashkilotda ishlovchi 130,1 ming nafar xodimning soliq qarzi – 140,7 mlrd soʻm;
  • qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 50,9 mingta tashkilotda ishlovchi 88,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 138,6 mlrd soʻm;
  • savdo sohasidagi 41,3 mingta tashkilotda ishlovchi 71,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 116 mlrd soʻm;
  • qurilish sohasidagi 10,1 mingta tashkilotda ishlovchi 58,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 90,3 mlrd soʻm;
  • tashish va saqlash sohasidagi 5,4 mingta tashkilotda ishlovchi 33,2 ming nafar xodimning soliq qarzi – 30,6 mlrd soʻm;
  • yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi 9,2 mingta tashkilotda ishlovchi 16,5 ming nafar xodimning soliq qarzi – 28,5 mlrd soʻm;
  • sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 4,3 mingta tashkilotda ishlovchi 10,4 ming nafar xodimning soliq qarzi – 11,7 mlrd soʻm;
  • axborot va aloqa sohasidagi 2,2 mingta tashkilotda ishlovchi 9,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 8,7 mlrd soʻm;
  • boshqa faoliyat turlari sohasidagi 16,8 mingta tashkilotda ishlovchi 65,4 ming nafar xodimning soliq qarzi – 79,8 mlrd soʻm.