Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Ketma-ket oʻn ikki oylik davr davomida jami 30 kalendar kundan koʻproq Oʻzbekistonda haqiqatda boʻlgan jismoniy shaxslar ular mulk yoki ijara huquqi asosida mamlakat hududida turar joy koʻchmas mulk obyektiga ega boʻlganda Oʻzbekistonning soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi.

Foto: “bryansk.bezformata.com”

“Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni  qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2026 yil 1 yanvardan quyidagi shartlarga javob beradigan chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilishni nazarda tutuvchi chet el fuqarolarining daromadlarini soliqqa tortishning maxsus soliq rejimi joriy etiladi:

  • 50 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yigʻim toʻlash;
  • Oʻzbekiston Respublikasidagi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvaragʻini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochish.

Ketma-ket oʻn ikki oylik davr davomida jami 30 kalendar kundan koʻproq Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan jismoniy shaxslar ular mulk yoki ijara huquqi asosida mamlakat hududida turar joy koʻchmas mulk obyektiga ega boʻlganda Oʻzbekistonning soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi.