Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

“Tashabbusli byudjet”dagi ijtimoiy loyihalar endi aholi va davlat oʻrtasida sheriklik asosida moliyalashtiriladi

Prezident qaroriga koʻra, Qonunchilik palatasida tashabbusli byudjet jarayonlarini muvofiqlashtirish, loyihalarning amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini olib borish uchun 11 nafar deputatdan iborat parlament komissiyasi tashkil etiladi.

“Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Qonunchilik palatasida tashabbusli byudjet jarayonlarini muvofiqlashtirish, loyihalarning amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini olib borish uchun 11 nafar deputatdan iborat parlament komissiyasi tashkil etiladi.

2026 yil 1 yanvardan deputatlar har yili tashabbusli byudjet jarayonlarida tegishli saylov okruglarida gʻolib boʻlmagan loyihalar orasidan aholining kundalik hayoti va hududni rivojlantirishga taʼsir qiladigan 2 ta loyihani (har mavsumda 1 tadan) “Ochiq byudjet” axborot portalida tanlaydi.

Mazkur tanlov loyihani respublika byudjetidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur jarayonlarda gʻolib boʻlmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir deputatga 1 yilda 2 mavsumga BHMning 8 ming baravari miqdorida mablagʻ har yilgi respublika byudjetida nazarda tutiladi.

2026 yil 1 fevraldan tashabbusli byudjet jarayonlarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat oʻrtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi.

Tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foizi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilganda loyihalar gʻolib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.