Asosiy mazmunga oʻtish
Jonli maʼlumot 19avgust · Chorshanba
USD 11 820,40 ▼ −36,95 EUR 13 684,48 ▼ −61,75 RUB 139,05 ▼ −0,27 GBP 15 990,64 ▼ −84,37
Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Markaziy bank ikki oyda 23 ta bankni jarimaga tortdi

Shuningdek, tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 15 ta toʻlov tashkiloti chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Foto: Markaziy bank

Oʻzbekiston Markaziy bankining Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan 2025 yilning iyun—iyul oylaridagi yigʻilishlarida (11 marta) 59 ta masala koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 23 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanildi.

Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdorini shakllantirilishi boʻyicha qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi holatlari hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 15 ta toʻlov tashkiloti chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

“Imkon Finance mikromoliya tashkiloti”da aniqlangan qoidabuzarliklar uchun mazkur tashkilot mijozlarini moliyalashtirish bilan bogʻliq operatsiyalarining (kreditlash, lizing va kafolatlar berish, faktoring xizmatlari koʻrsatish) amalga oshirilishi uch oy muddatga cheklandi.