Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Shartnomalarni imzolashda asosan nimalarga eʼtibor qaratish kerak?

Aksariyat odamlar shartnomani oʻqimasdan imzolaydi, chunki ular suhbatdoshlarini kuttirib qoʻyishni xohlamaydi. Amalda, har doim ham shartnomani imzolash kerak boʻlganda uni yuristlarga koʻrsatish imkoniyati yoʻq. Aynan shunday holatlarda shartnomani imzolashda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan bandlarni sanab oʻtamiz.

Good service cooperation, Consultation of Businesswoman and Male lawyer or judge counselor having team meeting with client, Law and Legal services concept.

Shartnomada eʼtibor qaratilishi kerak boʻlgan birinchi narsa — bu shartnomaning predmeti. Bu hujjatning asosiy qismidir, chunki aynan u siz va ikkinchi tomon bitim doirasida bir-biringizga nima qilish yoki topshirishni aniq belgilab beradi.

Bundan tashqari, shartnoma predmeti koʻpincha narx, ijro muddati, tomonlarning javobgarligi va shu kabi boshqa shartlarga taʼsir qiladi, shuning uchun uni sinchkovlik bilan tekshirish zarur.

Komissiya, soliqlar (yigʻimlar) va bevosita xarajatlar bandi. Hamkorlik shartlarini muhokama qilishda tomonlarning komissiya va soliqlarni (davlat bojlari va yigʻimlarini ham shular jumlasiga kiritamiz) toʻlash muhim ahamiyatga ega.

Kelgusida tushunmovchilik va bahs-munozaralarning oldini olish uchun hujjatda komissiyani kim toʻlashi, soliqlarni kim toʻlashi, soliqlar narxga qanday taʼsir qilishi, qaysi tomon bojlar toʻlashi, bojlar miqdori va boshqalar aniq koʻrsatilishi kerak.

Asosiy eʼtiborni qaratadigan bandlardan yana biri bu tomonlarning javobgarligi/jarima sanksiyalari. Shartnomani oʻqiyotganda shartnomada yozilgan sanksiyalarga, shuningdek, ularni buzganlik uchun nazarda tutilgan shartlarga eʼtibor bering.

Masalan, shartnomada oʻz vaqtida koʻrsatilmagan xizmat va oʻz vaqtida yetkazilmagan tovar uchun hamda oʻz vaqtida haq toʻlamaganlik uchun jarima yozilishi mumkin.

Xizmatlar koʻrsatish/tovarlar yetkazib berish sharti/tartibi boʻlimda koʻpincha shartnoma boʻyicha ishlash tartibi, shuningdek tomonlarning ish boʻyicha qoʻshimcha kelishuvlari yoziladi. Ushbu bandda xizmatlarning tavsifi, bajarish muddatlari, xizmat koʻrsatish joyi, xizmatlarning sifati, lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik va h.k. koʻrsatish muhimdir.

Nizolarni hal qilish tartibi bandning muhim ahamiyatga egaligining sababi u nizo kelib chiqqan taqdirda nizoni qanday huquqiy normalarga muvofiq hal etilishini belgilaydi, shuningdek, kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda qoʻllaniladigan huquqiy tizimni belgilab beradi.

Xususan, shartnomani bekor qilish tartibi bu shartnomani qay shartlarda bekor qilish mumkinligini koʻrsatib beradi, yaʼni, siz shartnomani tuzgan shaxs bilan qay holatda hamkorlikni toʻxtatishingiz mumkinligi haqida maʼlumotga ega boʻlasiz.

Shartnomani bir tomonlama bekor qilish faqat qonun hujjatlarida yoki shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollardagina mumkin.

Shuningdek, xizmat koʻrsatish/yetkazib berish/toʻlov muddati. Tomonlar shartnomada koʻrsatilgan xizmatlar/tovarlarni yetkazib berish va/yoki haq toʻlashning qaysi muddatiga rioya qilish, shuningdek, bunday muddatlarni buzganlik uchun sanksiyalar (jarimalar) tayinlashi mumkin.

Masalan, shartnomada buyurtmachi xizmatlarning yakuniy natijasini olgandan soʻng uch kalendar kun ichida ijrochi xizmatlari uchun haq toʻlashi, kechiktirilgan taqdirda esa kechiktirilgan har bir kun uchun jarima va penya toʻlashi kerakligi haqida koʻrsatilishini misol qilishimiz mumkin.