Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Markaziy bankning 14 foiz asosiy stavkasi qaysi sanadan qoʻllaniladi

20 martda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz punktga oshirib, yillik 14 foiz darajasigacha koʻtarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgandi.

Foto: Markaziy bank

Maʼlumki, 2025 yil 20 martda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz punktga oshirib, yillik 14 foiz darajasigacha koʻtarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

Ilgari — oʻtgan yillar amaliyotidan kelib chiqib, yangi asosiy stavka keyingi kalendar kunidan boshlab qoʻllanila boshlagan. Masalan, oʻtgan yilning 25 iyulida asosiy stavka 13,5 foizgacha pasaytirilgan va bu qiymatda 26 iyuldan boshlab qoʻllanila boshlagan.

Biroq, asosiy stavkaning soʻnggi oshirilishi bilan boshqacha boʻlib chiqdi.

Maʼlum boʻlishicha, MB boshqaruvi majlisining bayonnomasida 24 mart sanasi koʻrsatilgan. Manbalarga koʻra, aynan 2025 yil 24 martdan boshlab 14 foiz asosiy stavkani qoʻllash kerak. Bu sana Markaziy bank saytida ham boshlangʻich nuqta sifatida koʻrsatilgan.

Shuningdek, asosiy stavkaning oshirilishi bilan soliqlar toʻlovini kechiktirish uchun hisoblanadigan penya miqdori ham oshdi. Penya hisoblash misolini Soliq qoʻmitasi keltirdi.

Masalan, 500 000 soʻm soliq qarzi boʻlganda kunlik penya: 500 000 × 14% : 300 = 233,33 soʻmni tashkil etadi. Bu summa qarz toʻliq toʻlangunga qadar har kuni hisoblanadi.

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi majlisi 2025 yil 24 aprelga belgilangan.