Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord daraja — qariyb 48 mlrd dollarga yetdi

Joriy yilning 1 aprel holatiga koʻra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati bir oyda 2,91 mlrd dollarga yoki 6,47 foizga oshdi.

Foto: “aol.com”

Mart oyida Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord daraja — 47,85 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlarida keltirilgan.

Joriy yilning 1 aprel holatiga koʻra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati bir oyda 2,91 mlrd dollarga yoki 6,47 foizga oshdi. Natijada koʻrsatkich joriy yilning fevral oyida oʻrnatilgan rekordni yangiladi.

Oltin zaxiralari qiymati 2 mlrd dollardan ortiqqa — 36,88 mlrd dollarga koʻpayib, yangi qiymat rekordini oʻrnatdi. Biroq, uning fizik hajmi 12,18 mln troy unsiya (379,45 tonna) dan 11,82 troy unsiya (367,09 tonna) ga kamaygan.

Oʻtgan oyda Oʻzbekistonning valyuta zaxiralari ham $883,06 mlnga oshdi. Ularning hajmi 10,41 mlrd dollarni, shu jumladan, boshqa mamlakatlar markaziy banklari va XVJdagi hisob raqamlarida 358,98 mln dollarni hamda xorijiy banklarda 9,85 mlrd dollarni tashkil etdi.

Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan xarid qilingan qimmatli qogʻozlar qiymati bir oyda biroz oshib, 203,12 mln dollarga yetdi.