Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi

Agentlik huzurida byudjetdan tashqari Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.

“Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga asosan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi.

Energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada ragʻbatlantiruvchi va taʼsir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish Agentlikning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2025 yil 1 iyuldan aholi uy-joylarining energiya auditini oʻtkazish xarajatlari hamda quyosh panellari va geliokollektorlar qiymatining 20 foizi va issiqlik nasoslari (havo, suv va geotermal) qiymatining 40 foizini, lekin BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplash uchun Agentlik tomonidan subsidiya ajratiladi.

2025 yil 1 sentyabrgacha Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi ishga tushiriladi.

Agentlik huzurida byudjetdan tashqari Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.

2025 yil 1 oktyabrga qadar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun texnologiyalar energiya samaradorligining “yashil” standartlari joriy etiladi.