Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Toshkent bozorlarida kunlik patta narxlari oshadi

Poytaxt hokimligi bozorlardagi bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etishga oid qaror loyihasini muhokamaga qoʻydi. Unda Toshkent bozorlarida savdoning bir talay turlariga patta narxini oʻrtacha 20-30 foizga oshirish koʻzda tutilgan.

Toshkent shahar hokimligi “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasini eʼlon qildi.

Qarorda Toshkent bozorlarida savdoning bir talay turlariga patta narxini oʻrtacha 20-30 foizga oshirish koʻzda tutilgan. Yangi patta narxlarining miqdori quyidagicha oʻzgarishi mumkin (bozorda mahsulotni savdo oʻrinlarida sotish, 1 oʻrin/1 kun):

  • hoʻl mevalar (anor, olma, nok va boshqa) – 18 000 soʻm (hozir 15 000 soʻm);
  • sitrus va tropik mevalar – 39 000 soʻm (hozir 32 000 soʻm);
  • quruq mevalar (turshak, mayiz, pista, bodom) – 40 000 soʻm (hozir 33 000 soʻm);
  • sut mahsulotlari – 15 000 soʻm (hozir 18 000 soʻm);
  • poliz mahsulotlari (qovun, tarvuz) – 34 000 soʻm (hozir 28 000 soʻm);
  • goʻsht mahsulotlari – 42 000 (hozir 35 000 soʻm).