Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Moskvada migrantlar uchun patent narxi 20 foizga oshadi

Ushbu chora ish beruvchilarning muhojirlar va Rossiya fuqarolari uchun xarajatlarini tenglashtirish imkonini berishi nazarda tutilmoqda. Patent narxi 1-yanvardan boshlab 8,9 ming rublga yetadi.

2025-yilda Moskvada chet ellik ishchilar uchun patentlar narxi 8,9 ming rublni tashkil qiladi, bu hozirgisidan deyarli 1,5 ming rublga yuqoridir. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin TASS jurnalistiga maʻlum qildi.

“Muhimi shundaki, migrantlar soliqlar boʻyicha fuqarolarimizga har oyda oʻtkazayotgan daromad soligʻidan kelib chiqib, ularni qoida tariqasida, bu toifadagi ishchilar bilan solishtiramiz. Bizda patentlar uchun oylik 7,5 ming rubl toʻlov bor, aslida bu daromad soligʻi boʻyicha avansdir. 1 yanvardan boshlab u 8,9 ming rublgacha yetadi”, deydi Sobyanin.

Uning soʻzlariga koʻra, bu chora ish beruvchilarning muhojirlar va Rossiya fuqarolari uchun xarajatlarini tenglashtirish imkonini beradi.

Sobyaninning taʻkidlashicha, Moskvada hozirda amalda boʻlgan mehnat patentlari soni sezilarli darajada oʻsmaydi – 2025 yilda Moskvada xorijiy ishchilar uchun patentlarning narxi deyarli 20% ga oshadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik fuqarolar Texnik stajyorlik dasturi asosida Yaponiyaga qurilish ishlariga taklif etilgandi.