Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekistonliklar Yaponiyaga qurilish sohasida ishga taklif qilinmoqda

Texnik stajyorlik dasturi asosida fuqarolar Yaponiyaga qurilish ishlariga taklif etiladi. Oylik maosh 220 ming yapon iyenasigacha (1,5 ming dollar) yetadi.

Yaponiyaga texnik stajyorlik dasturi orqali qurilish ishlariga fuqarolar qabul qilinadi, deb xabar bermoqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati. Ushbu dastur doirasida 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan nomzodlar uchun imkoniyat taqdim etilmoqda.

Talablar:

  • Yapon tilini N5-N4 darajasida bilish;
  • 18-30 yosh oraligʻida boʻlish;
  • Maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan boʻlish;
  • 3-8 yil davomida ishlashga tayyorlik.

Ish sharoitlari:

  • Oylik maosh: 180 000 – 220 000 iyena, yaʻni 1200-1500 AQSH dollari (brutto).
  • Ish vaqti: Haftasiga 45 soat (qoʻshimcha ish soatlari uchun alohida toʻlov belgilanadi).

Ish beruvchi tomonidan quyidagilar taʻminlanadi:

  • Hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Toshkentdan Tokyogacha aviachipta;
  • Aeroportdan kutib olish va ish joyigacha transfer.
  • Eslatma: Nomzodlar suhbat orqali tanlab olinadi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=852. Murojaat uchun: 1282 qisqa raqami yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55.