Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

“Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” temir yoʻli loyihasi uchun Oʻzbekiston 255 mln dollar ajratadi

“Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” temir yoʻli qoʻshma loyihasi ustav fondidagi Oʻzbekiston hukumati ulushining bir qismi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda boshqa manbalar hisobidan bosqichma-bosqich shakllantiriladi. Shu sababli “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga 15 yil muddatga yillik 5 foizlik stavkada, 255 mln dollar ajratiladi. Xususan, 2024-yilning oʻzida 14 mln dollar miqdorida mablagʻlar yoʻnaltiriladi.

“Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” temir yoʻli loyihasini birgalikda amalga oshirish boʻyicha uch mamlakat oʻrtasida bitim imzolandi. Ushbu temir yoʻl qurilishi boʻyicha qoʻshma loyiha kompaniyasining ustav fondidagi Oʻzbekiston hukumati ulushining bir qismini shakllantirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda boshqa manbalar hisobidan 255 mln dollar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga ajratiladi.

8-iyul kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi prezident qarori (PQ-247-son) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar qilindi.

Qarorga koʻra, Xitoy hukumati, Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston hukumati oʻrtasida “Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” temir yoʻli loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

Ushbu temir yoʻl qurilishi boʻyicha qoʻshma loyiha kompaniyasining ustav fondidagi Oʻzbekiston hukumati ulushining bir qismi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda boshqa manbalar hisobidan bosqichma-bosqich shakllantiriladi. Shu sababli “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga 15 yil muddatga yillik 5 foizlik stavkada, 255 mln dollar ajratiladi. Xususan, 2024-yilning oʻzida 14 mln dollar miqdorida mablagʻlar yoʻnaltiriladi.

Avvalroq, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov ushbu temir yoʻlni boshqaruvchi kompaniya vakolatxonasi Bishkekda boʻlishini hamda kompaniya bosh direktori ham Qirgʻiziston tomonidan tayinlanishini aytgandi. Shuningdek, u temir yoʻl qurilishi xarajatlarining 51 foizini Xitoy, qolgan 49 foizni ʻsa Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tomonlari teng miqdorda 24,5 foizdan qoplashini taʻkidlagandi.

Temir yoʻl qurilishi boʻyicha bitim 2024-yil 6-iyun kuni Pekin shahrida imzolangan. Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur temir yoʻl qurilishi natijasida yuk tashish yillik hajmi 15 mln tonnagacha yetishi mumkin, tovarlarni yakuniy isteʻmolchilarga yetkazish muddati esa 7 kunga qisqaradi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit va logistika infratuzilmasi, omborxonalar va terminallar yaratiladi.

“Avvalo, yangi korxonalar va oʻn minglab ish oʻrinlari yaratiladi, oʻzaro tovar ayriboshlash hajmi va sanoat kooperatsiyasi koʻlami, investitsion jozibadorlik oʻsadi va asosiy natija — fuqarolarimizning turmush darajasi oshadi”, — degandi prezident Shavkat Mirziyoyev.