Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekistonda 2022 yili oʻrtacha oylik ish haqi 21,1 foizga oshdi

Oʻzbekistonda 2022 yil yanvar–dekabr oylarida oʻrtacha oylik ish haqi 3 892 400 soʻmni tashkil etib, bu koʻrsatkich 2021 yilga nisbatan 21,1 foizga oshdi. Hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahri, Navoiy, Toshkent, Andijon hamda Buxoro viloyatlarida kuzatilgan

Oʻzbekistonda 2022 yil yanvar–dekabr oylarida oʻrtacha oylik ish haqi 3 892 400 soʻmni tashkil etib, bu koʻrsatkich 2021 yilga nisbatan 21,1 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2022 yilning yanvar–dekabr oylarida hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahrida (6 314 400 soʻm), Navoiy viloyatida
(5 125 300 soʻm), Toshkent viloyatida (3 946 900 soʻm), Andijon viloyatida (3 381 800 soʻm) hamda Buxoro viloyatida (3 310 000 soʻm) kuzatildi.

Oʻrtacha oylik ish haqi hududlar kesimida

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 3 246 200 soʻm (2021 yilga nisbatan — +17,3 foiz);
  • Andijon viloyati — 3 381 800 soʻm (+22,6 foiz);
  • Buxoro viloyati — 3 310 000 soʻm (+15,5 foiz);
  • Jizzax viloyati — 2 946 400 soʻm (+19,2 foiz);
  • Qashqadaryo viloyati — 2 952 600 soʻm (+19,9 foiz);
  • Navoiy viloyati — 5 125 300 soʻm (+11,9 foiz);
  • Namangan viloyati — 2 924 300 soʻm (+20,6 foiz);
  • Samarqand viloyati — 2 944 200 soʻm (+21,7 foiz);
  • Surxondaryo viloyati — 2 946 100 soʻm (+22,0 foiz);
  • Sirdaryo viloyati — 3 221 600 soʻm (+19,9 foiz);
  • Toshkent viloyati — 3 946 900 soʻm (+14,5 foiz);
  • Fargʻona viloyati — 2 900 500 soʻm (+18,8 foiz);
  • Xorazm viloyati — 3 182 400 soʻm (+23,1 foiz);
  • Toshkent shahri — 6 314 400 soʻm (+28,2 foiz).

Shuningdek, hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent shahrida (128,2 foiz), Xorazmda (123,1 foiz), Andijonda (122,6 foiz), Surxondaryoda (122,0 foiz), Samarqandda (121,7 foiz) hamda Namanganda (120,6 foiz)
kuzatilgan.

Eslatib oʻtamiz, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga 2022 yil 1 iyundan  920,0 ming soʻmga yetkazilgan.

Maʼlumot uchun, 2022 yil yanvar–dekabr oylari uchun oʻrtacha oylik ish haqi koʻrsatkichini shakllantirishda qishloq xoʻjaligi va kichik tadbirkorlik subyektlari hisobga olinmagan, chunki fermer xoʻjaliklari hamda kichik tadbirkorlik subyektlari yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilangan.