Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Markaziy bank Smart Bankʻga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berdi

Regulyator boshqaruvi Toshkent shahrida Smart Bank aksiyadorlik jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi

Foto: Markaziy bank

Smart Bankʻga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Markaziy bank boshqaruvi Toshkent shahrida Smart Bank aksiyadorlik jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Maʼlumot uchun, Smart Bank bu Qozogʻistonning Yevroosiyo banki hisoblanadi. Qozogʻistonning 28 yillik rivojlanish tarixiga ega ijtimoiy ahamiyatga ega tijorat bankidir. U aktivlari boʻyicha mamlakatning eng yirik banklari oʻntaligiga kiradi, chakana bank bozorida yetakchi oʻrinni egallaydi. Bank guruhi ekotizimiga (mineral resurslarni qazib olish va qayta ishlash sohasidagi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri) kiradi.