Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekiston 2022 yilda sitrus mevalarining importini oshirgan

Yanvar-oktyabr oylarida meva importi hajmi 90 mln dollarga yetdi. 2021 yil mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga yuqoriladi

Foto: EastFruit

Oʻzbekiston 2022 yilda meva va yongʻoqlar importi hajmini keskin oshirgan. Bu haqda EastFruit xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 2022 yilning 10 oyida Oʻzbekiston meva importi hajmi rekord darajadagi 90 million dollarga yetdi. Bu 2021 yilning shu davridagi importga nisbatan 2,1 barobar, 2020 yilning yanvar-oktyabr oylaridagi importga nisbatan qariyb uch barobar koʻpdir.

Shuningdek, 2022 yilning 10 oyida eksport importdan 5,6 barobar oshgan. Meva importining deyarli yarmi bananga toʻgʻri keldi. Oʻzbekistonga banan importi yil davomida qiymat jihatidan 2,2 baravarga, fizik jihatdan esa 90 foizga oshib, oyiga 11,2 ming tonnaga yetdi.

Hisobot davrida Oʻzbekistonga nok importi 65 foizga, kivi importi 2,2 barobarga, limon importi 5 barobarga, ananas importi esa 80 foizga oshdi. Deyarli barcha meva ekzotiklari import oʻsishining juda yuqori dinamikasini koʻrsatdi.

Bananning asosiy yetkazib beruvchisi boʻlib qolgan Ekvadordan tashqari, Eron, Turkiya, Pokiston, Xitoy, Misr, Polsha va Ozarbayjon ham Oʻzbekistonga meva yetkazib berish hajmini keskin oshirdi. Afgʻoniston Oʻzbekistonga quritilgan mevalar yetkazib berishni, Moldova va Ukraina esa yangi olma yetkazib berishni koʻpaytirdi. Eron va Turkiyadan Oʻzbekiston eng koʻp turdagi meva va yongʻoqlarni import qilgan.