Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Yevropada gaz isteʼmoli kamaydi

Maʼlumotga koʻra, Rossiya gazining eng yirik xaridori - Germaniya va Italiya isteʼmolni 23 foizdan - 21 foizgacha qisqartirgan. Fransiya hamda Ispaniya 20 foiz, Niderlandiya 30 foizdan kamroq gazdan foydalangan

Yevropa Ittifoqi davlatlari noyabr oyida gaz isteʼmolini 24 foizgacha kamaytirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Rossiya yoqilgʻisining eng yirik isteʼmolchilari – Germaniya va Italiya isteʼmolni 23 foizdan – 21 foizgacha qisqartirgan. Fransiya hamda Ispaniya 20 foiz, Niderlandiya 30 foizdan kamroq gazdan foydalangan.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlarida gaz qimmatlashgan. Natijada gaz isteʼmolining tejalishiga olib kelgan.

Mutaxassislarning fikricha, kelajakda Yevropa gazga boʻlgan talabni yanada kamaytirishi va shu bilan birga uzoq muddatli uzoq muddatli tanqislikning oldini olish uchun suyultirilgan gaz (SNG) importini oshirishi kerak. ICIS hisobotida qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya noyabr oyida rekord darajadagi 11,14 million tonna SNG import qilgan va dekabrda 12 million tonnadan ortiq cuyultirilgan gaz sotib oladi.