Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Toshkent shahridagi hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal narxlarini eʼlon qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, bozorlarda suyakli mol goʻshtining bir kilogrami 60 ming soʻmdan 75 ming soʻmgacha sotilyapti. Qoʻy goʻshtining 1 kilogrami 65 ming soʻmdan 75 ming soʻmgacha, kartoshka (1 kg) 3 500 soʻmdan 3 800 soʻmgacha, piyoz (1 kg) 2 500 soʻmdan 3 800 soʻmgacha baholangan.
Shuningdek, 2022 yil 17 noyabr holatiga koʻra boshqa turdagi mahsulotlarning narxlari quyidagicha:
• Sarimsoq piyoz (1kg) – 10 000 – 15 000 soʻm;
• Sabzi (1 kg) — 2 500 – 3 000 soʻm;
• Mosh (1 kg) — 10 000 – 12 000 soʻm;
• Pomidor (1 kg) — 9 000 – 13 000 soʻm;
• Guruch (1 kg) — 11 000 – 22 000 soʻm;
• Bodring (1 kg) — 10 000 – 14 000 soʻm;
• Uzum (1 kg) — 15 000 – 20 000 soʻm;
• Olma (1 kg) — 10 000 – 25 000 soʻm;
• Banan (1kg) — 20 000 – 25 000 soʻm;
• Limon (1kg) — 15 000 – 18 000 soʻm.
