Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Afrika mamlakati Yevropaga gaz yetkazib beradi

Mozambik suyultirilgan gazning birinchi partiyasini jahon energetika bozoriga yetkazib berdi. Britaniyaning BP energetika guruhi Mozambik hukumati bilan Coral South tomonidan ishlab chiqarilgan barcha gazni sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi. “Mamlakatimiz tarixiy qadam tashladi”, — deya taʼkidaldi Mozambik prezidenti

Mozambik tarixida Hind okeanidagi mamlakat shelfidagi ulkan kondan suyultirilgan gazning birinchi partiyasi jahon energetika bozoriga yetkazildi. Bu haqda“TASS” xabar berdi.

“Biz tarixiy qadam tashladi”, — deya taʼkidaldi Mozambik prezidenti Filipe Nyusi.

Mozambik suyultirilgan gazining birinchi partiyasi Yevropa Ittifoqidagi isteʼmolchilarga yetkazilishi kutilmoqda. Suyultirilgan gazining birinchi joʻnatmasi shimoliy Kabo Delgado provinsiyasi qirgʻoqlari yaqinidagi Rovuma mintaqasidagi dengiz konida burgʻulangan oltita suv osti gaz qudugʻi bilan bogʻlangan Coral South suzuvchi platformasidan keltirildi.

Platforma yiliga 3,4 million tonna tabiiy gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega. Coral South  ishlaydigan saytning zaxiralari 450 milliard kub metrga baholanadi. Gaz qazib olish 2 ming metr chuqurlikdan amalga oshiriladi. Britaniyaning BP energetika guruhi Mozambik hukumati bilan Coral South tomonidan ishlab chiqarilgan barcha gazni sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi.