Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Hukumat binosida quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Shu bilan birga, ehtiyojidan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratildi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga 1,1 million kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Qayd etilishicha, stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Shu bilan birga, ehtiyojidan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratildi.

Ushbu stansiya Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan.